18−20 oktyabr kunlari Toshkentda Rossiya-O‘zbekiston hududlararo hamkorlik forumi va Moskva kunlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Hududlararo forumda ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilib, rivojlantiriladi. Rossiya hududlarining eksport salohiyati, O‘zbekistondagi erkin iqtisodiy zonalar istiqbollari hamda xorijiy investitsiyalar sohasida qonunchilikni takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Moskva va Toshkent hokimiyatlarining ikki poytaxt hamkorligini rivojlantirish, do‘stlik va o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirishga qaratilgan 2018−2020 yillarda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash rejalashtirilgan.

O‘zbekistondagi Moskva kunlarida kadet korpusi chiqishlari, Moskva hayvonot bog‘i taqdimot-ko‘rgazmasi, qilichbozlik va sambo bo‘yicha do‘stlik turniri, rus oshxonasi va mahsulotlari taqdimoti o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tami, 18−19 oktyabr kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi rejalashtirilgan. Savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar va sanoat koopratsiyasi masalalarining ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.