Fransiya poytaxti Parijdagi Yelisey saroyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanuel Makronning uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokarada O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Davlat rahbarlarining muzokaralari davom etmoqda.