Parij shahridagi Shon-sharaf maydonida 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.

O‘zbekiston va Fransiya davlat madhiyalari yangradi. Marosimda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ham hozir bo‘ldi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi prezidentining Yelisey saroyiga yo‘l oldi.