8 oktyabr kuni taxminan 13:00 da Toshkentning Yashnobod tumanidagi Korzinka.uz supermarketi qarshisidagi avtoturargohda Lacetti avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Poytaxt IIBBning «Gazeta.uz"ga xabar berishicha, avtomobil haydovchisi yo‘lovchi qizni urib yuborgan.YTH sodir bo‘lgan joy.

Huquqni muhofaza qilish organidagi axborot manbasi ma’lumotiga ko‘ra, qiz koma holatiga tushib qolgan.

«Gazeta.uz"ning Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazidan aniqlik kiritishicha, 22 yoshli Mashhura X. 13:25 da ko‘plab tan jarohatlari hamda bosh miya shikastlanishi bilan olib borilgan hamda jonlantirish zaliga yotqizilgan. «Uni shok palatasiga (jonlantirish zali — tahr. taxmini) yetkazishdi. Hozir uni operatsiya qilishadi», — deya ma’lum qildi markaz vakili 18:15 da.

Avtomobilni boshqargan 22 yoshli Otabek A. ushlandi. Ayni paytda hodisa joyida tergov-qidiruv guruhi ish olib bormoqda, deya xabar qildi IIBB.