Buenos-Ayresda III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari boshlandi. Musobaqaning ilk kunidayok o‘zbekistonlik yosh sportchilar dastlabki medalga ega chiqdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Taekvondo bo‘yicha -48kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Ulug‘bek Rashitov musobaqa davomida Mo‘g‘uliston va Janubiy Koreya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha yetib bordi.

Hal qiluvchi jangda esa u rossiyalik Dmitriy Shishkoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va yakunda kumush medalga ega chiqdi.