8 oktyabr kuni 10:04 da Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi uyda (egasi — A. Parmonov, 1947 y. t.) gaz plitasi nosozligi sababli gaz-havo aralashmasi portlashi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston FVVning viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib xabar qilishicha, portlash natijasida ikki bola shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan, uy egasining kelini shifoxonaga yotqizilgan.

Halok bo‘lganlar — uy egasining nevarasi Bellura Abduxoshimova (2013 y. t.) va Farzona Homidova (2016 y. t.) — 100 foiz termik kuyish olib, vafot etdi. Kuyish 40−45 foizni tashkil etgan Baxtigul Jamolova (1991 y. t.) holati esa o‘rta deb baholanmoqda.

Favqulodda holat holati bo‘yicha dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.