Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tayotgan Paraosiyo o‘yinlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirgan. Musobaqada -55kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan pauerliftingchi Roza Qo‘ziyeva 113 kg natija qayd etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bu O‘zbekiston paralimpiyachilari uchun ushbu musobaqadagi 12-medal bo‘ldi. Ularning 8 tasi oltin, 3 tasi kumush va 1 tasi bronza medallaridir.