Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Paraosiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bir necha daqiqa oldin dzyudo bo‘yicha bellashuvlar nihoyasiga yetdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun gilamga chiqqan o‘zbekistonlik to‘rt nafar dzyudochining barchasi shohsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda Sherzod Namozov (-60kg) va O‘tkir Nig‘matov (-66kg) oltin, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Lobar Hurramova (-48kg) kumush, Sevinch Sallayeva (-52kg) bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston sport delegatsiyasining Paraosiyo o‘yinlaridagi medallari soni 11 taga yetdi. Ularning 7 tasi oltin, 3 tasi kumush va 1 tasi bronza medallaridir.

Eslatib o‘tamiz, Paraosiyo o‘yinlari 13 oktyabrgacha davom etadi.