Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari davom etmoqda. Kecha suzish bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar 2ta oltin, 2 ta kumush medallarini qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun esa erta tongdan Kamolaxon Abdullayeva (uzunlikka sakrash, 4,71 m), Aleksandr Svechnikov (nayza uloqtirish, 67,92 m) va Sofiya Burxanova (yadro uloqtirish, 14,59 m) terma jamoa hisobiga navbatdagi oltin medallarni qo‘shib qo‘ydi. Qayd etish lozimki, Kamolaxon Abdullayeva Paraosiyo o‘yinlarida ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik dastlabki sportchi bo‘ldi.

Ayni paytda O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobida 5 ta oltin va 2 ta kumush medallari mavjud.

Bugun shuningdek o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletikaning bir necha yo‘nalishida, suzish, dzyudo, pauerlifting, o‘q otish bahslarida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.