Qirg‘iziston Respublikasi IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, Issiqko‘l viloyatining Cho‘lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari (Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston) ichki ishlar vazirlarining birinchi kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilishi o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur formatdagi tadbir birinchi bor o‘tkazildi. Xalqaro ahamiyat kasb etuvchi ushbu tadbir Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti S.Jeenbekov tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahridagi birinchi maslahat uchrashuvi davomida Markaziy Osiyo davlatlari xalqlarining manfaatlari yo‘lida mintaqaviy hamkorlikka yo‘naltirilgan, birodarlik va qo‘shnichilik aloqalarini yangilash va faollashtirish borasidagi qo‘yilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlari IIVlarining chegaradosh viloyatlar IIBBlari, IIBlari va departamentlari rahbarlari ham ishtirok etdi: (Chuy viloyati IIBB, Issiqko‘l, Talas, Osh, Jalolobod, Botken viloyat IIBlari, Qozog‘iston Respublikasi Olmaota va Jambul viloyatlari ichki ishlar departamenti, Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati IIB, O‘zbekiston Respublikasi Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyat IIBlari rahbarlari).

Qirg‘iziston Respublikasi ichki ishlar vaziri bugungi kunda sintetikli va psixofaol giyohvand moddalarini internet orqali tarqalishi, pul mablag‘larini o‘tkazilishida elektron vositalardan noqonuniy foydalanish holatlarini ortayotganligini aytib o‘tib, shu munosabat bilan ushbu illatga qarshi birgalikda kurashish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Kompyuter texnologiyalari va jahon internet tarmog‘ining rivoji davrida aloqalarda «Kiber-ekstremizm» i «Kiber-terrorizm» xavflari tus olmoqda.

Asosan u internet tarmoqlarida targ‘ibot-tashviqot ko‘rinishlarida namoyon bo‘lib, o‘ylab topilgan og‘ir psixologik holatlar natijasida mablag‘laridan voz kechish, hamkorlarini yollash, teraktlar uyushtirish, psixologik tahdidlar, qo‘rqitish, diniy va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi. Informatsion jamiyat esa, ushbu tahdidlardan himoyalanishga muhtojdir.

Kunning birinchi yarmida barcha yig‘ilish qatnashchilari 4 ishchi guruhiga bo‘linib, uyushgan jinoyatchilikka, ekstremizm va terrorizmning ko‘rinishlariga qarshi kurashish mexanizmlarini, shuningdek, internet tarmog‘i jinoyatchiligi, chegaradosh hududlar ichki ishlar organlarining jamoat tartibini va xavfsizligini ta’minlash borasidagi savollarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunida Markaziy Osiyo mamlakatlari IIVlarining qo‘shma bayoni imzolandi.