2018 yilning 6 oktyabr kuni Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Cyessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori sifatida ishlab kelayotgan Shomurodov Baxtiyor Abduvohidovich Yakkasaroy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov Baxtiyor Abduvohidovich 1978 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1999 yil Toshkent davlat agrar universiteti va 2002 yil Soliq akademiyasini tamomlagan.

1999−2003 yy. — Davlat soliq qo‘mitasi navbatchilik qismi ruxsatnoma berish byurosi mudiri, navbatchi qism navbatchi yordamchisi.

2003−2010 yy. — Davlat soliq qo‘mitasi katta inspektori, bosh inspektori, soliqlar bo‘limi bosh inspektori.

2010−2012 yy. — Davlat soliq qo‘mitasi Jismoniy shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi inspektori, Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish boshqarmasi jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish bo‘limi boshlig‘i.

2012−2014 yy. — Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmasi investitsiya va kapital qurilish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari — investitsiya sho‘’basi boshlig‘i.

2014−2016 yy. — Sergeli tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

2016−2017 yy. — Sergeli tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

2017−2018 yy. — Sergeli tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.

2018−2018 yy. — Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori.

2018 yilning 6 oktyabridan boshlab Yakkasaroy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.