O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Qozog‘istonning Almati shahrida mukofot jamg‘armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada ishtirok etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Denis hafta davomida Portugaliya, Misr, Serbiya, Chexiyadan tashrif buyurgan tennischilarni mag‘lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi bahsda esa boshqa bir serbiyalik sportchi Nikola Miloyevichga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 6:7, 7:6, 6:2 hisoblarida g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Ushbu chempionlik orqali Istomin 80 reyting ochkosi va 7200 AQSH dollari mukofot puliga ega bo‘ldi.