«Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan Toshkent shahridagi avtobus transportini sifatsiz xizmatining sabablari bo‘lgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida choralar majmui ishlab chiqildi. Bu haqda aksmyadorlik jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.

«Toshshahartransxizmat» boshqaruvi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida qator avtosaroylar raxbarlari, avtobuslar texnik holati, ularga texnik xizmati ko‘rsatish, GPS-monitoring va xaydovchilar bilan ikki tomonlama aloqa uchun mas’ul mutasaddilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qo‘pol buzilishlar, shu jumladan yo‘l haqqi olishdagi qoidabuzarliklar aniqlandi. Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

Hozirgi paytga qadar, ruxsatsiz o‘chirilgan GPS-monitoring va xaydovchi bilan ikki tomonlama bevosita muloqot tizimlari tiklangan. Avtobus saroylari raxbarlari, bosh mexaniklari va avtobuslarni texnik holati uchun mas’ul servis xizmatlari raxbarlariga va xaydovchilarga avtobuslarni yo‘nalish paytidagi yong‘inlari uchun moddiy javobgarlik yuklatilgan. GPS jihozlariga ruxsatsiz tegish yoki o‘zgartirishlar kiritish jarayonlari aniqlangan taqdirda qat’iy chora ishdan bo‘shatish, yoki aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mutasaddi tashkilotlarga taqdim etish hamda ular tomonidan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

Joriy yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan o‘tkazilgan transport masalalariga bag‘ishlangan majlisda berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida, «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan quyidagi choralar ko‘rilmoqda:

Birinchi: vaziyatni tahlil qilish va kompaniyani rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida Janubiy koreyaning kompaniyalaridan birini jalb qilish ishlari boshlangan.

Ikkinchi: avtosaroylardan birini xorijiy kompaniyaga boshqaruvni berish ustida ishlar olib borilmoqda.

Uchinchi: yo‘l haqqini to‘lashni avtomatik tizimga o‘tkazishni tezlatish va tizimni 2018 yilning ohiriga qadar ishlarni boshlash rejalashtirilgan.

To‘rtinchi: GPS tizimining sun’iy ravishda o‘chirib qo‘yilgan barcha funksiyalari tiklash va amaldagi tizimga yangi funksiyalar kiritish.

«Yo‘lovchilarning asosiy e’tirozlari avtobuslarni kutish vaqti, qatnov jadvali buzilishi va tezlik qoidalarini buzishlari bilan bog‘liq. Shu sababli, hozirgi kunda biz barcha nazorat va boshqaruv jarayonlarini axborot tizimlari orqali amalga oshirish choralarini ko‘rayapmiz. Bu choralar, noqonuniy til biriktirish, o‘g‘irlik va korrupsiyani to‘htatishiga ishonamiz», — deydi «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruvi raisi Mohir Valiyev.

«Toshshahartransxizmat» AJ yuridik xizmati tomonidan shaxsiy ish shartnomalari joriy etiladi. Ularda moddiy javobgarlik, rag‘barlantirish va jazolash yangi tizimi ko‘zda tutilgan. GPS-trekerlar, ikki tomonlama aloqa, yoqilg‘i nazorat qiluvchi jihozlar sun’iy ravishda buzgan xodim, kim bo‘lishidan qat’iy nazar ishdan bo‘shatiladi.

«Toshshahartransxizmat» AJ da mas’ul xodimlarlardan iborat komissiya tuzildi. Komissiyaning asosiy vazifasi sifatida avtosaroylar holatini bilib borish, ularning ish jarayonlarini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib, takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

«Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruvi tomonidan yo‘lovchilarga avtobus xizmatini ko‘rsatishni yangi usullarini tadbiq qilish va boshqarish oid masalalar yuzasidan, amaldagi normativ-huquqiy xujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlamoqda.