Payariq tumanining «Gulzor» MFYda yashovchi M.Jo‘raqulovaga Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari uning xonadoni elektr energiyasidan 7397564,90 (yetti million uch yuz to‘qson yetti ming so‘mdan ziyodroq) so‘m qarzdor ekanini aytadi va bu qarz zudlik bilan to‘lanmasa, chora ko‘rilishi haqida ogohlantirishadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yaqinlarining maslahati bilan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.

Ushbu murojaat viloyat hududiy birlashmasining Payariq tuman jamiyati mutasaddilari tomonidan o‘rganib chiqildi. Qayta xatlov o‘tkazilganda, Payariq tuman ETKA bazasi bo‘yicha, ushbu xonadonda qarzdorlik mavjud emasligi, aksincha 232 751 (ikki yuz o‘ttiz ikki mingdan ziyod) so‘m ortiqcha to‘lovi borligi aniqlandi.

Yuklangan qarzdorlik bekor qilinib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.