3 oktyabr kuni 22:44 da Qarshida 3 ballik zilzila qayd etildi, deya xabar berdi O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Zilzila o‘chog‘i Qarshidan 31 km sharqda (Toshkentdan 389 km g‘arbda), Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hududida joylashgan.

Epitsentrda silkinish kuchi 3,6 ni tashkil etdi, o‘choq chuqurligi esa — 10 km.