Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yuz bergan, qishloq xo‘jaligi ob’ektlariga katta zarar yetkazgan sel-toshqin oqibatlarini bartaraf etish hamda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori imzolandi.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida 119 ta uy-joy, shuningdek, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, ko‘chalar, mahallalardagi ariqlar va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlari suv ostida qoldi.

Shu bilan birga So‘x tumani hududini o‘rganish davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida bir qator muammoli masalalar mavjudligi va bu esa anklav hududda istiqomat qiluvsi aholining noroziligiga sabab bo‘layotgani aniqlangan.

Xususan, tumandani 14 mingdan ziyod maktab va kollej o‘quvchilarining yoz mavsumida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari mavjud emas.

Hududda doimiy yashaydigan 200 ortiq kishida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjud emas. Ularning 30 nafar kasalmand, biroq respublika markaziy tibbiyot muassasalariga murojaat qilish imkoniyatiga ega emas.

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yuz bergan sel-toshqin oqibatlarini bartaraf etish hamda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yuz bergan sel-toshqin oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha «yo‘l xaritasi"ga muvofiq;

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi"ga muvofiq;

2018−2019 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Shohimardon va Yordon qishloqlarida hamda So‘x tumani aholisiga «Vodil» chegara postidan o‘tishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida «yashil yo‘lak» tashkil etish;

aholining «Cho‘ng‘ara» qishlog‘idagi chegara postlari orqali harakatlanishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokara olib borish belgilandi.