2018 yil 3 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi Chelak transport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi B.E. Boltajarboshi qishlog‘ida joylashgan dala maydonida o‘zaro janjal sababli tanishi Bahor mahallasi Bolta-1 qishlog‘ida yashagan A.S.ning qorin va ko‘krak qismlariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur hodisa natijasida A.S. kasalxonaga keltirilganida halok bo‘lgan. Uning o‘limiga sababchi bo‘lgan B.E. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.