Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida shu yil 29 may kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2015 yil dekabr oyida Beltepa ko‘chasida yashovchi B.P. shu ko‘cha hududida Olmazor tumanida yashovchi N.R.ga birgalikda tadbirkorlik qilishni taklif yetib, Xitoy Xalq Respublikasidan spirt mahsulotini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan jihozlarni olib kelishini aytib, aldov yo‘li bilan 200 ming AQSH dollarini olgan va bergan va’dasini bajarmay voqea joyidan yashiringanligi ko‘rsatilgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida B.P. ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.