Joriy yilning 19 sentyabr kuni tungi soat 1:05 da Samarqand viloyati Narpay tumani Mirbozor qo‘rg‘oni hududidan o‘tuvchi M-37 xalqaro avtomagistral yo‘lining 107-kilometrida harakatlanib ketayotgan fuqaro I.Jabborov boshqaruvidagi «Mercedens-Bens» yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi saytida xabar berildi.

Samarqand viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur voqea natijasida avtoulov yukxonasidagi 20 ta toy paxta yonib ketgan. Tuman yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi voqea joyiga tungi soat 01:13 da yetib borgan. Yong‘in tungi soat 01:50 da to‘liq bartaraf etilgan.

Ayni vaqtda ushbu yong‘in sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.