28 oktyabrdan boshlab «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining O‘zbekistondan Moskvaga amalga oshiruvchi barcha parvozlari «Domodedova» aeroportidan «Vnukovo» aeroportiga ko‘chiriladi, deya xabar qildi kompaniya rasmiy Telegram-kanalida.

Aeroportlarning almashtirilishi qatnovlar jadvaliga ta’sir ko‘rsatmaydi, deyiladi xabarda.

Mazkur qaror iqtisodiy maqbullik munosabati bilan qabul qilindi, deya izoh berdi aviakompaniya matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.