Kasb-hunar kollejlariga 2018/2019 o‘quv yilida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf) va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega shaxslarni to‘lov-shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish bo‘yicha xujjatlar qabul qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy Telegram-kanalida xabar qildi.

Qabul 1 oktyabrdan 25 oktyabrga qadar davom etadi va 1 noyabrdan boshlab har bir kasb-hunar kollejida qabul qilingan kasblar bo‘yicha guruhlar shakllantirilib, o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

O‘qish muddati 1 yil 8 oy. To‘lov-shartnoma miqdori tanlangan kasb (mutaxassislik)lar bo‘yicha belgilanadi.

Qoraqalpog‘istonRespublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha doimiy ishlovchi kamida 5 nafardan iborat Shtab tashkil qilingan, hamda fuqarolarni murojat qilishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilgan.