Xorazm viloyati Pitnak shahridagi GM Uzbekistan filiali tekshiruvdan o‘tkazilib, faoliyatida tizimli xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator filial xodimlari ishdan bo‘shatildi, deya xabar qildi avtoishlab chiqaruvchi matbuot xizmati.

Shu munosabat bilan yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan, Dilshodbek Nazarov xaridlar va mahalliylashtirish bo‘limi xaridlar seksiyasi boshlig‘i bo‘ldi.

Transportlarga xizmat ko‘rsatish seksiyasiga esa O‘tkirbek Xusainbekov boshliq etib tayinlandi. Rasulbek Quronboyev esa markaziy yuklash maydonchasi boshlig‘i bo‘ldi.

Yana bir qator xodimlar yangi lavozimlarga tayinlandi.