Indoneziyaning Sulavesu orolida 28 sentyabr kuni sodir bo‘lgan 7,5 magnitudali zilzila keltirib chiqargan sunami natijasida 1234 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bu haqda AFP Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligiga tayanib xabar qildi.

Ayni paytda sunamidan keyingi qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.Zilzila o‘chog‘iga yaqin joylashgan Paluda elektr taminoti izdan chiqqan, qutqaruvchilar zarur texnikalarga ega emas. Ikki kundan buyon 2000 kishidan ortiq kishi istiqomat qilgan aholi punkti bilan aloqa o‘rnatilgani yo‘q. Indoneziya favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etishda yordam so‘rab xalqaro hamjamiyatga murojaat qildi. Qator davlatlar moliyaviy va gumanitar yordamga tayyorligini bildirdi.