Fashizmga qarshi kurashda ishtirok etgan o‘zbekistonliklar xotirasiga bag‘ishlab to‘liq metrajli badiiy film tasvirga olinadi, deya xabar qildi «Narodnoye slovo» nashri «O‘zbekkino» Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirovga tayanib.

Tasvirga olish ishlari Niderlandiya, O‘zbekiston, Rossiya va Germaniyada o‘tkazish rejalashtirilayotgan film Gollandiyadagi Amersfort konsentratsion lagerining 101 nafar o‘zbek harbiy asirlariga bag‘ishlanadi.

Loyiha Amersfort lageridagi mashaqqatlarni mardonavor bardosh bergan harbiylarning fojiali taqdiri haqidagi «Bir yuz bir» asariniyozgan Anvar Irgashev va Yuliya Medvedovskaya «O‘zbekkino» Milliy agentligi va O‘zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi elchixonalari ko‘magida o‘zbekistonliklar to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarni qidirishni zimmasiga olganidan so‘ng yuzaga keldi.

Loyiha to‘g‘risida tadqiqotchi va yozuvchi Remko Reyding boshchiligidagi Niderlandiya delegatsiyasi ishtirokidagi Xalqaro press-klub majlisida batafsil so‘zlab berildi.

«Yigirma yil muqaddam Gollandiyadagi sovet harbiy qabristonida 865 nafar noma’lum askar ko‘milgani, ularning 101 nafari o‘zbeklar asirlari ekanini bildim, — deydi Remko Reyding. — guvohlarni izlash va arxivlardagi materiallarni to‘plashni boshladim. Ma’lum bo‘lishicha, 101 askar Germaniyaning Sobiq Ittifoq hududiga bostirib kirganining birinchi haftasida Smolensk yaqinida asirga olishgan va ular tashviqot maqsadida natsistlar tomonidan bosib olingan Gollandiyaga yuborishadi. Fashistlar och osiyoliklar yemak uchun bir-biri bilan qanday urishib-talashishini kinokameraga tasvirga olishni istashadi. Biroq o‘tkir tikanli panjara ortidan uloqtirilgan nonni asirlar o‘zaro teng bo‘lib yeyishgani ularning hafsalasini pir qiladi».

Remko Reyding o‘rgangan arxiv materiallari uning «Shon-sharaf maydoni bolasi» asariga asos bo‘ladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har bahorda yuzlab gollandlar Amersfort shahri yaqinidagi o‘rmonga yig‘iladi va xuddi shu joyda natsistlar tomonidan otib tashlangan 101 askar xotirasi uchun shamlar yoqishadi.

Delegatsiyaning asosiy maqsadi — 101 askar qarindoshlarini topishdan iborat. Buning uchun olim Qarshi, Buxoro, Samarqand va Chirchiqdagi arxiv ma’lumotlarini o‘rganadi. Bu ishda unga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi vakillari ko‘maklashadi.

O‘zbekistonda fashizmga qarshi kurash olib borgan 101 qahramonga bag‘ishlab yodgorlik o‘rnatilishi kutilmoqda.