O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 oktyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori lavozimiga Boltaboyev Mahmudjon Rustamovich tayinlandi.

Boltaboyev Mahmudjon Rustamovich 1969 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan ma’lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tamomlagan. Iqtisod fanlari doktori professor.

Bunga qadar Mahmudjon Boltaboyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida departament mudiri, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.