2018 yil 26 sentabr kuni Vazirlar Mahkamasining «Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Ko‘rsatilgan sanadan boshlab gerbli guvohnomalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat bosma harflar bilan to‘ldiriladi. Tegishli ma’lumotlar FHDYOning yagona elektron arxiv fondiga kiritiladi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yillar uchun yozuvlar 2022 yil 1 yanvargacha raqamlanadi va elektron bazaga kiritiladi. Bunday hajmdagi ishni bajarish uchun FHDYO bo‘limlari va nikoh uylarida 1.10.2018 yildan 1.01.2022 yilgacha bo‘lgan davrda normativdan kelib chiqqan holda — FHDYO bo‘limida 200 mingdan ortiq yozuvlar mavjud bo‘lganda 1 birlik arxivarius lavozimi joriy etiladi.

Har bir guvohnomaga endi QR-kod beriladi. Buning uchun ularning yangi blankalari tasdiqlandi. O‘z mazmuniga ko‘ra ular avvalgilaridan deyarli farq qilmaydi. Shakllarning «shapkasida» Davlat gerbi tasvirining ikkala tomonida «O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI» va «RESPUBLIKA UZBEKISTAN» so‘zlari qo‘shilgan, o‘lim haqida guvohnomalarda esa endi uning sababi ko‘rsatilmaydi.

Hujjatlar to‘liq ishlatib bo‘lingungacha amaldagi blankalarda rasmiylashtirish va berishga ruxsat etildi. Shu sababli 27.09.2018 yildan keyin eski blankalarda rasmiylashtirilgan guvohnomalar yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.09.2018 yildan kuchga kirdi.