Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov AQSHda professional boksdagi birinchi jangini o‘tkazdi. Ushbu bahsda unga mezbon bokschi Aron Jamil Xollis raqiblik qildi. Elnur ushbu jangda raqibini nokautga uchratdi va prof ringdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Xollis bugungi kungacha professional boksda 12 ta jang o‘tkazgan. Ularning 4 tasida g‘alaba qozongan (2 tasi nokaut bilan). 8 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (5 tasi nokaut).