Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 1 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashagan X.B. o‘zining «Neksiya» rusumli avtomashinasini «Oqsoy» mahallasidan o‘tuvchi «Samarqand-Qarshi» yo‘lining 34-km.da haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib burilayotgan S.P. boshqaruvidagi «Volvo» rusumli yuk avtomashinasi yon tomoniga borib urilgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea natijasida «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.