Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Turkiyaning ETKA Co Enerji kompaniyasi shamol elektr stansiyasini quradi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Mazkur loyiha Surxondaryo viloyatini 2019−2030 yillarda rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida amalga oshiriladi.

Ayni paytda texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilayotgan loyihani 2020 yilgacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Mutaxassislarning fikricha, tog‘li tumanda shamoldan arzon elektr energiyasi olish uchun qulay imkoniyat mavjud. Bu yerda 600 mVt. elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan yirik loyiha foydalanishga topshirilgach, Boysun va Sherobod tumanlaridagi iste’molchilarni muqobil elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash sifati yanada oshadi, energiya uzilishlariga to‘liq chek qo‘yiladi. 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.