Qarshida 23 kishi 27 sentyabr kuni «Baxtli oila» to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimidan so‘ng «o‘tkir gastroenterit» tashhisi bilan shifoxonaga yotqizildi.

O‘zbekiston FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, 28 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16 kishi, 29 sentyabrda esa yana 7 kishi keltirilgan. Hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.