O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, prezident dastlab Agra shahriga tashrif buyurdi. O‘zbekiston delegatsiyasi aeroportda tantanali kutib olindi.

Prezident bu yerda jahonga mashhur Toj mahal obidasini borib ko‘radi.

Davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar ertaga Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadi.