Toshkent transport departamentining Innovatsion rivojlanish vazirligi, poytaxt IIBB YHXB vakillari va ABL-SOFT mahalliy dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar bilan uchrashuvida turli sinov rejimlari, shahar transport infratuzilmasiga texnologiyalar joriy etish bo‘yicha boshqa masalalar muhokama qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jamoat transportida qulayliklarni yaxshilash, avtobuslar qatnovi intervali, bepul Wi-Fi bo‘lgan avtobus bekatlarini qurish, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish stansiyalari, «aqlli svetoforlar"ni joriy etish ishlariga tegishli institutlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xususan, vazirlik axborot-transport tizimi asosida «aqlli svetoforlar"ni joriy etish loyihasi bo‘yicha ilk sinov rejimi Nurafshon ko‘chasida amalga oshirishni taklif etdi — Labzak ko‘chasi bilan kesishmadan Beruniy ko‘chasi bilan kesishmaga qadar.

Poytaxt hokimligi va IIBB vakillari esa, o‘z navbatida, Nurafshon ko‘chasini oxirigacha, Oqtepa aylanasigacha qamrab olishni taklif qilishdi. Bu masala yaqin kunlarda hal qilinadi.