Gazeta.uz va Zira.uz pazandachilik sahifasi bilan hamkorlikda to‘g‘ri ovqatlanish tartibi va sog‘lom turmush tarziga oid retseptlar jamlanmasini taqdim etadi.

Yeryong‘oq va bananli batonchalar

Foydali va mazali yegulikni bor-yo‘g‘i 3 xil mahsulotlardan tayyorlash mumkin. Banan, suli parchalari va yeryong‘oqli pastalardan tayyorlanilgan batonchalar juda to‘yimli bo‘lib, ularni 2 oygacha saqlash mumkin.

Qizil lavlagili xumus

Xumus — Yaqin Sharq oshxonasiga tegishli yegulik hisoblanadi. U o‘zida ko‘pgina oqsillarni saqlashi sabab ham, juda to‘yimli, shuningdek foydali ham hisoblanadi. Unga qizil lavlagi solinsa juda ishtahaochar ko‘rinishga ham kiradi. Bu usulda tayyorlanilgan xumusni nonga surtib yeyish, asosiy ovqatlarga qo‘shimcha sifatida tortish ham mumkin.

Italyancha usulda tayyorlanilgan tovuq

Sog‘lom turmush tarzi yoki to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qiluvchilar juda yaxshi bilishadiki, gaz pechida pishirilgan sabzavotlar qovurilgan va dimlanganlariga nisbatan foydaliroq hisoblanadi. Gaz pechida pishirilgan tovuq ham sabzavotlarning sharbatiga to‘yinib pishadi. Bu italyancha mazali taom oila a’zolaringizga ham yoqishi aniq.

Suli yormasi va olmadan tayyorlanilgan vafli

Vafli — nonushta uchun ajoyib yegulikdir. Bu retsept sizga suli parchalari va olmali pyuredan kaloriyasi past vaflilar tayyorlashga ko‘maklashadi. Ularni tayyorlab mazali qaylalar yoki ho‘l mevalar bilan iste’mol qilishingiz mumkin. Ularni iloji bo‘lsa, gaz pechida, silikon qolipchalarda pishiring.

Qizil sabzi va pomidordan tayyorlanilgan quyuq sho‘rva

Bu yorqin rangdagi sho‘rvadan tayyorlashni hozir ayni payti. Sho‘rva juda mayin, xushbo‘y va past kaloriyali bo‘lib, 1 kishilik miqdori 175 kKal ni tashkil etadi. Xohishga qarab, uni muzlatib qo‘yish ham mumkin bo‘lib, bunda uni bir oygacha saqlash imkoniyati mavjud.

Sabzili tort

Parhez tutishni xohlovchilarning ko‘pchiligi parhez vaqtida shirinliklarda iste’mol qilish mumkin emas drb hisoblashadi. Ammo bu retsept asosida tayyorlanilgan sabzili tortdan iste’mol qilish barchaga birdek tavsiya qilinadi. Shirin, mazali va asosiysi semirtirmaydigan tort retsepti.

Sabzavotli halqachalar

Hadeb go‘shtli va ko‘p vaqtingizni oladigan taomlarni pishirishdan charchaganlar uchun yengilroq ovqat, vitaminlarga boy, tez hazm bo‘ladigan va eng asosiysi kamharj sabzavotli halqachalar retseptiga ahamiyat berishlarini so‘raymiz. Oddiygina mahsulotlar juda mazali yegulik.

Qovoq va suli parchasidan tayyorlanilgan maffinlar

Qovoqli pyure va suli yormasidan tayyorlaniladigan maffinlardaн iste’mol qilish hatto parhez tutuvchilarga ham tavsiya qilinadi. Unda yog‘lar miqdori juda ham kam bo‘lib, bir donasining ozuqaviy qiymati 82 kKal ni tashkil etadi.

Quritilgan olxo‘ri bilan dimlangan go‘sht

Bu taom dasturxonga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlashi sabab ham, uni bayram dasturxonlariga ham atab tayyorlash mumkin. Quritilgan olxo‘ri bilan dimlab pishirilgan go‘sht juda yumshab pishadi, ishtahaochar ko‘rinishi esa barchani ishtahasini ochib yuboradi.

Bundan-da ko‘proq retseptlar Zira.uz internet sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi Telegram kanal t.me/zirauz

Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat

Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15