Shanba kuni 18:42 da O‘zbekistonning bir qator shaharlarida epitsentri Navoiy viloyatining Nurota tumanida (Toshkentdan 282 km g‘arbda) joylashgan yer osti silkinishlari qayd etildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazining xabar qilishicha, epitsentrda zilzila magnitudasi 4, o‘choq chuqurligi esa 34 km ni tashkil etdi.

Yer osti silkinishlari kuchi Navoiyda (epitsentrdan 69 km) 3, Samarqand (120 km), Buxoro (156 km) va Jizzaxda (158 km) — 2 balni tashkil etdi.