25 sentyabr kuni soat 21:30 larda Uzun tumani «Malandiyon» mahallasida yashovchi fuqaro T.A. tomonidan yashash uyi yerto‘lasidan T.A.ning voyaga yetmagan qizi Sh. A.ning jasadi tan jarohatlari bilan topilgan, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, fuqaro A.X. 25 sentyabr kuni qarindoshining uyida ta’mirlash ishlarini ertalab taxminan 08:00 larda boshlab, shu kuni soat 13:00 larda birga ishlayotgan ikki sherigi bilan tushlik qilib, bir shisha aroq ichadi. Shundan so‘ng soat 14:50 atrofida qarindoshi F.Sh.ning qo‘shnisi T.A.ning yashash uyiga borib, uning qizi Sh. A. bilan uyining yerto‘lasida qizning qarshiligiga qaramasdan jinsiy aloqada bo‘lib, nomusiga tegadi va so‘ng qasddan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan 26 sentyabr kuni JKning 97-moddasi 2-qismi «v» va «z» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari Surxondaryo viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.