Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi aholi gavjum joylar, aeroport, temir yul vokzali, shahar markaziy ko‘chalari, xiyobonlar, istirohat bog‘larida shaharga tashrif buyuruvchi mehmonlarga «ezgulik patruli» xodimlari yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib, lozim bo‘lganda yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda mahalliy aholi, xorijiy sayyohlarning shahar bo‘ylab xotirjam sayohat qilishi, Qarshi shahrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini hamda shahar osudaligini ta’minlash maqsadida ushbu xizmat tashkil etildi.