29−30 sentyabr kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi. Musobaqada jahonning 20 mamlakatidan 40 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. Jahon kubogida o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina ham qatnashadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ushbu musobaqa Tokio-2020 olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini beradi.