Rossiyalik tennischi Margarita Gasparyan Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan musobaqaning yarimfinalida germaniyalik Mona Bartelga qarshi kortga chiqdi. Bu haqda olamsport.com sayti xabar berdi.

1 soat 59 daqiqa davom etgan o‘yinda Gasparyan raqibini 4:6, 6:1, 7:5 hisoblarida mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi.

Endi u finalda hamyurti Anastasiya Potapovaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.