Tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan «Devis kubogi» bahslari keyingi yildan yangicha formatda o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, saralash bosqichida 24 ta terma jamoa 12 juftlikda ishtirok etadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Kuni kecha musobaqaning saralash bahslariga Qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik tennischilar 2019 yilning fevral oyida Serbiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Serbiya terma jamoasi safida jahonning sobiq birinchi raketkasi Novak Jokovich ham kortga chiqishi mumkin.

To‘qnashuv g‘olibi turnirning asosiy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. O‘yinlar 2019 yilning 1−2 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Saralash bosqichi juftliklari: