Jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 29 sentyabr (Toshkentda 30 sentyabr) kuni AQSHda o‘tkazadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Professional boksdagi ikkinchi jangida Jalolovga mezbon bokschi Tomas Xaukins raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Bahodir may oyida professional ringdagi debyutini nishonlagan va o‘shanda Ugo Truilioni nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Tomas esa 7 ta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasini o‘z foydasiga hal qilgan (1t asida nokaut evaziga g‘alaba qozongan). Uchta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (1 ta jangda nokaut bo‘lgan).