Poytaxtda svetoforning qizil chirog‘i yonib turganda barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini o‘tkazib yuborgan holda o‘ngga burilish huquqini beruvchi yo‘l belgisini o‘rnatish boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, «Ushbu yo‘l belgisi chorrahalarda transport o‘tkazuvchanligini oshirish uchun joriy etilmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, harakat ishtirokchilariga (piyodalarni ham) yo‘l bergan holda svetoforning qizil chirog‘iga ham faqatgina o‘nga burilish mumkin. Lekin, harakat davomida boshqa harakat ishtirokchilariga xavf tug‘dirilmasligi shart. Bu yo‘l belgisi o‘rnatilgan chorrahalardagi video-kameralar tomonidan svetoforning qizil chirog‘iga boshqa harakat ishtirokchilariga yo‘l bergan holda o‘ngga burilish qoidabuzarlik sifatida qayd etilmaydi».

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi» asosida poytaxtdagi quyidagi chorrahalarda yangi yo‘l belgilari qo‘yilmoqda:

• Furqat — Islom Karimov chorrahasi;

• Afrosiyob — Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasi;

• Farobiy — THAY ko‘chalari chorrahasi;

• Sharof Rashidov — Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasi;

• Sharof Rashidov — Navoiy ko‘chalari chorrahasi;

• Navoiy — Amir Temur ko‘chalari chorrahasi;

• Osiyo — Amir Temur ko‘chalari chorrahasi;

• Osiyo — Oqqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasi;

• Mirzo-Ulug‘bek — Parkent ko‘chalari chorrahasi;

• Islom Karimov — Amir Temur ko‘chalari chorrahasi;

• Qatortol — Muqimiy ko‘chalari chorrahasi;

• Chilonzor — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasi;

• Chilonzor — KHAY ko‘chalari chorrahasi;

• Uyg‘ur — Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasi;

• Talabalar — Qamarniso ko‘chalari chorrahasi;

• Beruniy — Saqichmon ko‘chalari chorrahasi;

• KHAY — Kichik Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasi;

• KHAY — Qatortol ko‘chalari chorrahasi;

• KHAY — Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasi;

• KHAY — Beruniy ko‘chalari chorrahasi;

• Qorasaroy — Nurafshon ko‘chalari chorrahasi;

• Nurafshon — Sag‘bon ko‘chalari chorrahasi.

Shuningdek, xabarda qo‘shimcha qulayliklar yaratish va tirbandlikni oldini olish maqsadida mazkur yo‘l belgisini yana qaysi chorahalarga o‘rnatish lozimligi yuzasidan takliflar ham so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, bunday belgilar Toshkentning bir necha chorrahasida sinov tariqasida qo‘llanilib kelingan edi. O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham, xususan Samarqandda ham ushbu belgilar amalga tatbiq etilgan. Mazkur hujjatga binoan mamlakat buylab svetoforning taqiqlovchi chirog‘i yonib turganda, o‘ngga burilishga ruxsat beradigan yo‘l belgilari va ishoralarini joriy etish ko‘zda tutilgan edi.