Sirdaryo tumanida shu yil 25 sentyabr kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashina bilan «Tadbirkor» MFY hududida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda R.X.ni urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan ketib qolgani va uni qidirib topish choralari ko‘rila boshlagandi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, fuqarolarning bergan muhim ma’lumotlari va ichki ishlar organlari xodimlarining say’i-harakatlari tufayli ushbu yo‘l-transport hodisasini Sirdaryo tumanida yashovchi I.Sh. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, hozirda adolatli tergov harakatlari olib borilmoqda. O‘z o‘rnida, fuqarolarga jinoyat issiq izidan fosh etilishida bergan ma’lumotlari uchun minnatdorchilik bildiramiz, deyiladi xabarda.