Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18−19 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deya xabar qildi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Tashrif doirasida birinchi hududlararo Rossiya-O‘zbekiston forumi bo‘lib o‘tadi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonning yirik savdo hamkori hisoblanadi. Birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha, uning mamlakat tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 16 foizga to‘g‘ri keldi.

Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi, O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2,5 mlrd dollari (eksport — 811 mln, import — 1,7 mlrd dollar) tashkil etdi.