O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon 27 sentyabr kuni Dushanbe shahrida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tashrifi bilan qutladi. Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi natijalari yuqori baholandi.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.