28 sentyabr kuni Luvr muzeyi mutaxassislari O‘zbekistondagi ishini yakunlaydi. Bir hafta davomida fransuz mutaxassislari guruhi 2021 yili Luvrda bo‘lib o‘tadigan «Ipak yo‘lida tamaddun va madaniyatlar» ko‘rgazmasi uchun O‘zbekiston muzeylaridan dastlabki saralovdan o‘tgan eksponat lar holatini tadqiq etishdi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Luvrning islom san’atlari bo‘limi direktori Yanik Lins va arxeolog Rante Roko boshchiligidagi delegatsiya Abu Rayhon al Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti, «Afrosiyob» Samarqand tarixi muzeyi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi huzuridagi «Mo‘yil Muborak» madrasasidagi Muqaddas Qur’on muzeyi, Paykent shahri tarixi muzeyi va O‘zbekistonning boshqa muzeylariga tashrif buyurdi.

Izlanishlar yakunlari bo‘yicha sapalab olingan har bir eksponat bo‘yicha xulosa berilib, ko‘rgazma uchun yagona ro‘yxat shakllantiriladi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xorijda boshqa bir qancha yirik tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Vashingtondagi (AQSH) Sakler Galereyasi va Venadagi (Avstriya) Albertin muzeyidagi ko‘rgazmalar shular jumlasidan.

Shuningdek, Italiyadagi Venetsiya biyennalesida milliy pavilon ochish rejalashtirilmoqda.