O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 27 sentyabr kuni «Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» muxbiri.

O‘zbekiston 2017 yil apreldagi BMTning iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qo‘shildi.

Senatorlarning fikricha, bitim BMTga a’zo davlatlar uchun tashlanmalar miqdorini kamaytirish, iqlim o‘zgarishlariga bardoshlilikni mustahkamlashga imkon beruvchi «yo‘l xaritasi» xizmatini bajaradi.

Parij bitimi — BMT Doiraviy konvensiyasi doirasida qabul qilingan iqlim o‘zgarishlari to‘g‘risidagi hujjat bo‘lib, 2020 yildan issiqxona gazlari chiqarishni kamaytirish orqali global isish sur’atlarini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazoratga oladi.

Ayni vaqtda bitimni 170 davlat ratifikatsiya qilgan bo‘lib, tanlanmalar hajmini kamaytirish, texnologik qayta qurollanish va iqlim o‘zgarishlari moslashish bo‘yicha choralarni amalga oshirish majburiyatlarini zimmasiga olgan.