27 sentyabr kuni 13:49 da Toshkent metropolitening Novza bekatining ikkinchi yo‘liga Toshkent Iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi to‘satdan tushib ketdi, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati.

Metropoliten hamda ichki ishlar xodimlarining tezkor harakati tufayli talaba o‘z vaqtida qutqarib olindi va tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborildi.

Talaba shifoxonaga ketishdan oldin o‘zining tobi qochganligi tufayli shunday voqea sodir bo‘lganni va metropoliten xizmatining voqeada aybi yo‘qligini ta’kidlagan.