O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Tursunzoda tumanidagi «Bog‘i somon» dehqon xo‘jaligiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xo‘jalik rahbari Kamol hoji Madumarov asli oltiariqlik usta dehqon farzandi. U ota kasbini davom ettirib, qut-baraka, elda obro‘ topgan. Bugungi kunda xo‘jalik uzumzori 500 gektarga yetgan. O‘nga yaqin navdagi shirin va hosildor uzumlar dovrug‘i butun mintaqamizga taralgan.

Shavkat Mirziyoyev uzumzor bog‘ va mahsulotlar omborini ko‘zdan kechirdi. O‘zbekiston prezidenti Kamol ota Madumarovga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan Captiva avtomashinasini sovg‘a qildi.

O‘zbekiston davlat rahbari shu tumandagi «Vatan» dehqon xo‘jaligida ham bo‘lib, uning rahbari Ne’mat hoji Usmonovga yana bir avtomashina tuhfa etdi.