Tursunqulov O‘tkir Nazirovich «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasida bozor talablarini tadqiq etish, uni rivojlantirish istiqbolini belgilash Aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.