25 sentyabr kuni A380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» trassasining Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tgan 596- kilometrida Cobalt yengil avtomobili va Isuzu yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Cobalt (davlat raqami 95 779 NAA) qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Isuzu (90 W 082 HA) bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida to‘rt kishi hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan.